Qo‘qon universitetida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev yoshlar bilan uchrashdi
Qo‘qon universitetida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev yoshlar bilan uchrashdi
Joriy yilning 13-may kuni Qo‘qon universitetida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida vatanparvarlik ruhini oshirishga qaratilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda yoshlar tomonidan Vatanga sadoqat, tinchlik va barqarorlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi chiqishlar taqdim etildi.
Uchrashuv davomida vazir o‘rinbosari yoshlar bilan bevosita muloqot olib borib, ularni huquqbuzarliklarning oldini olish, yurt tinchligini asrash, vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash masalalari bo‘yicha fikr almashdi.