Qiziqarli va bahs-munozaraga boy KU Quiz

Qoʻqon universiteti Axborot-kutubxona markazida besh muhim tashabbus doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va dunyoqarashlarini yuksaltirishga qaratilgan KU Quiz musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi va Talabalarga xizmat koʻrsatish departamenti tomonidan tashkil etilgan murosasiz va qiziqarli bahsda 12 jamoa oʻzlarining bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazib, oʻz jamoalarining sharafini munosib himoya qildilar.

Unutilmas KU Quiz jamoasida gʻoliblikni quyidagi jamolar qoʻlga kiritdi:

1 -oʻrin – 4-kurs turizm yoʻnalishi "Infinity" jamoasi,
2-oʻrin – 3-kurs turizm yoʻnalishi "Elegant" jamoasi,
3-oʻrin – 2-kurs iqtisod yoʻnalishi "KU yoshlari" jamoasi va 4-kurs moliya yoʻnalishi "Moliyachilar" jamoasi.

Albatta, talabalar oʻrtasida bunday musobaqalarni muntazam oʻtkazilishi, ularning bilimlarini oshirishga, jamoaviy harakat qilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

 

photo_2024-03-01_11-36-36 (2).jpg

photo_2024-03-01_11-36-37 (2).jpg

photo_2024-03-01_11-36-37.jpg

photo_2024-03-01_11-36-39.jpg

photo_2024-03-01_11-36-40.jpg

 

3 Mart 2024 620
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop