“Har bir kun imkoniyat, har bir kun kelajak poydevori”

photo_2023-08-22_11-00-23.jpg

Qo‘qon shahar “Nuroniylar maskani”da 18-avgust kuni “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi. Uchrashuvda Nuroniy jamoatchilik kengashi raisi M.Abdullayev  “Keksalar maslahati” guruhi raislari, “Buvijonlar maktabi” guruhi a’zolari va MFYlar yoshlar yetakchisi vakillari ishtirok etdi.

photo_2023-08-22_11-00-25.jpg

Uchrashuv davomida M. Abdullayev yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik oldini olish, notinch oilalar to‘g‘risida gapirib, har bir mahallada tajribali va tashabbuskor keksa avlod vakillarini biriktirish kerakligini aytib oʻtdi. 

photo_2023-08-22_11-00-05.jpg

Uchrashuvda Qo‘qon universiteti prorektori Sherzod Dehqonov yoshlarning o‘rtasida yetarlicha tarbiyaviy ishlar olib borilmayotganligi hamda bo‘sh vaqtlari mazmunli tashkil qilinmayotganligi – ularning o‘rtasida huquqbuzarliklar sodir bo‘lishiga asosiy sabab boʻlayotganligini ta'kidladi.

Mavzu yuzasidan so‘zga chiqqan  “Kalvak guzari” MFY Keksalar maslahati guruhi raisi M. Xaydarov, “Marg‘ilon darvozasi”,  “Baqachorsu” MFY yoshlar yetakchilari keng jamoatchilik hamjihatlikda profilaktik ishlar samaradorligini oshirish zarurligini ta’kidlab oʻtdi.

photo_2023-08-22_11-00-02.jpg

Bir soʻz bilan aytganda, tadbirda talabalar va uyushmagan yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha soʻzlar bordi. Shuningdek, jinoyatchilikni oldini olish uchun talabalar va uyushmagan yoshlarga nuroniylar bilan birgalikda turli uchrashuvlar, treninglar, seminarlar oʻtkazishga kelishib olindi.

19 Avgust 2023 1349
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop