Xorijiy professor-o‘qituvchi - universitetimizda

photo_2023-03-31_11-42-21.jpg

Turkiyaning nufuzli Ege universiteti professori, fan doktori Gulshan Eren Orhun almashinuv dasturi doirasida universitetimizga tashrif buyurdi. 

U bahorgi semestr davomida Ta'lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda turk-o‘zbek tillari bo‘yicha lingvistik qiyoslov tadqiqotlarini olib boradi. 

Shuningdek, turk tilini chet tili sifatida o‘rgatish bo‘yicha katta tajribaga ega Gulshan Eren tomonidan talabalarimiz uchun "Turk tili" to‘garagi tashkil etilmoqda. 

Ma'lumot o‘rnida, qardosh turk tilini o‘rganish istagidagi talabalar fakultetlar dekanatlariga murojaat qilishlari mumkin.

30 Mart 2023 712
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop