“Inson – aziz, Xotira – muqaddas!”
“Inson – aziz, Xotira – muqaddas!”
🔖9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Qo‘qon universitetida masofaviy ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🚩Tadbirda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari xotirasi yodga olindi, ularning Vatanga qilgan fidokorona xizmatlari e’tirof etildi. Talabalar urush yillaridagi sahovat, mardlik va sabr-toqat haqidagi she’r va sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.
🔥Mazkur tadbir yoshlarda tarixiy xotiraga hurmat, vatanparvarlik va insoniy qadriyatlarni qadrlash tuy‘usini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
8 May 2025
⁞
437