"Yor va diyor kuychisi" mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirga taklif etamiz!

Qoʻqon universitetida ulugʻ shoir va davlat arbobi, atoqli sarkarda va benazir tarixnavis – Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtadigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda kutib qolamiz.

"Yor va diyor kuychisi" mavzusida boʻlib oʻtadigan tadbirda Bobur ijodidan namunalar oʻqilishi, qoʻshiqlar ijro etilishi, sahna koʻrinishlari namoyish etilishi koʻzda tutilgan.  

Barcha talabalarni mumtoz adabiy merosimizdan bahramand bo'lishga taklif etamiz! Ma'naviy-ma'rifiy tadbir 14-fevral kuni soat 14:00da B-110-xonada boʻlib oʻtadi.

13 Fevral 2024 304
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop