14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati unutilmas tadbir tashkil etildi!

Qoʻqon universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan "Yigit omon boʻlsa, xavf-u xatar yoʻq" mavzusida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbir Qoʻqon universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Zeboxon Qobilovaning tabrigi bilan ochildi.

Vatan himoyachilarini madh etuvchi she'rlar, kuy va qoʻshiqlar ijro etildi. 

Tadbir davomida "Balli yigitlar!" koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Tanlovda universitetning azamat oʻgʻlonlari 4 ta shart boʻyicha bellashdilar va tadbir yakunida gʻoliblarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Vatan himoyachilariga bagʻishlangan ma'rifiy tadbirda Qoʻqon universiteti direktori Gʻafurjon Zaxidov soʻzga chiqib, yigʻilganlarni bayram bilan tabrikladi.

14 Yanvar 2025 176
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop