Amerika Qo‘shma Shtatlaridan jurnalistlar va jamoatchilik vakillari tashrif buyurdilar

Bir guruh xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar viloyat hokimining turizm va sport masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xurshid Ahmedov hamrohligida Farg‘ona viloyatiga press-tur doirasida Qo‘qon universitetiga tashrif buyurdilar. 

photo_2022-09-06_23-51-41.jpg

Amerikaning yirik biznes nashri - "Forbes" jurnali muxbiri Melik Kaylan, deputat Ari Kargan, erkin jurnalist Isaacson Andy Samuel, "The Bukharian Times" gazetasi bosh muharriri Rafael Nektalovlar universitet rahbariyati bilan samimiy suhbatda bo‘ldilar. Universitet o‘quv binosi, yangi bunyod etilayotgan turizm majmuasi, akademik muhit va istiqboldagi rejalar bilan tanishdilar.

photo_2022-09-06_23-51-48.jpg

Ma'lumot o‘rnida, joriy yilning 29-iyul kuni davlatimiz rahbarining "Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilinib, Qo‘qon universitetining turizm marshrutlari ro‘yxatiga kiritilishi belgilandi. Universitet huzurida Turizm fakulteti va Mehmonxona amaliyoti markazi, Akademik hostel, Akademik turizm markazi, ochiq kutubxona va nashriyot tashkil etish hamda uni turizm masalalari bo‘yicha zamonaviy o‘quv adabiyotlari, kutubxona fondi bilan ta’minlash belgilab qo‘yildi. 

photo_2022-09-06_23-52-00.jpg

Yaqin vaqt ichida ta’lim muassasamiz latif shaharga tashrif buyuruvchi sayyohlarning eng sevimli maskanlaridan biriga aylanishi, shubhasiz.

photo_2022-09-06_23-51-55.jpg

6 Sentabr 2022 606
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop