Qoʻqon universitetida Erasmus+ dasturi imkoniyatlari haqida axborot seminari boʻlib oʻtdi!
Axborot seminarini Qoʻqon universiteti Akademik ishlar boʻyicha prorektori Jamoliddin Kambarov ochib berdi va tashrif buyurganlarga oʻz minnatdorchiligini bildirib oʻtdi.
Seminarda soʻz olganlar Milliy Erasmus+ ofisi loyiha menejeri Bonu Abdusalomova va Fargʻona politexnika instituti iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Alisher Yunusovlar tadbir ishtirokchilariga dasturning afzalliklari, loyihalarni yaratishda ahamiyat beriladigan jihatlar, Oʻzbekistondagi dolzarb yoʻnalishlar toʻgʻrisida ma'lumotlar berib oʻtishdi.
Mazkur seminarda Qoʻqon universiteti, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Oʻzbekiston san'at va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filiali, Fargʻona oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti, Andijon mashinasozlik instituti, Latviyaning axborot tizimlari oliy menejment maktabining Fargʻona shahridagi filialining Xalqaro aloqa boʻlimi vakillari, kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilar ishtirok etishdi va oʻzlari uchun qiziqarli boʻlgan savollarga javob olishdi.
Shuningdek, seminar davomida "Xalqaro kredit mobilligi (ICM) imkoniyatlari va hamkorlar izlash bo'yicha maslahatlar", "O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari uchun Erasmus+ imkoniyatlari va CALL 2025", "Raqobatbardosh CBHE loyiha taklifining xususiyatlari. Amaldagi eng yaxshi loyihalar va ularni sir asrorlari" kabi mavzularda spikerlarning taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Yakunda axborot seminarida faol ishtirok etgan tashkilotchilarga sertifikat va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.