Qo‘qon universitetida "Direktor va talabalar" uchrashuvi o‘tkazildi
Qoʻqon universiteti direktori G‘afurjon Zaxidov Maktabgacha ta'lim (3 yil va undan ko'p ish stajiga ega bo'lgan) masofaviy ta'lim shakli talabalari bilan oʻzaro ochiq muloqotda boʻldi.
Uchrashuvda universitet direktori talabalarni eng ilmli, ruhan va jismonan barkamol, eng ziyoli va eng boy bitiruvchilar bo‘lishi kerakligini e’tirof etdi.
Shu bilan birga, oliy ma’lumotli insonlar, ayniqsa, talaba-qizlar, avvalo oilaga, qolaversa, butun jamiyatga ilm olib kirishini ta'kidladi hamda yangi oʻquv yili oldidan ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
13 Sentabr 2023
⁞
1437