Qo'qon Universitetida Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining Respublika mutasaddilari tomonidan seminar-trening oʻtkazildi

Mutasaddilar dastlab Qoʻqon universitetida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Soʻngra, universitet B binosida Qoʻqon shahridagi oliy ta'lim muassasalaridan kelgan yoshlar yetakchilari, koordinatorlari, guruh sardorlari, psixologlar uchun seminar-trening oʻtkazildi. 

Uchrashuvda ishchi guruh vakillaridan Bozorov Otabek Hasanboyevich hamda Sattorov Umid Ulasheyivich ishtrokchilarga bugungi kunda yoshlar uchun yaratilgan ta'lim krediti, til sertifikati beradigan imkoniyatlar, volontyorlik loyihalariga grantlar, 5 tashabbus olimpiadasi va boshqa koʻplab imkoniyatlar bilan tanishtirib, tengdoshlarini xabardor qilishda hamkorlik qilishga chaqirdi. 

Seminar-treningda Qoʻqon universitetining Yoshlar ishlari masalalari boʻyicha prorektori Sherzod Dexqanov, dekan oʻrinbosarlari, talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

17 Oktabr 2023 665
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop