9-may — Xotira va Qadrlash kuni!
9-may — Xotira va Qadrlash kuni!
🏫Qo‘qon universiteti vakillari hamda faol talabalar guruhi 9-may — “Xotira va Qadrlash kuni” munosabati bilan Qo‘qon shahrida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Usmonjon ota Rahimov xonadonida mehmon bo‘lishdi.
⌛Otaxon bilan urush yillari, o‘sha davrdagi mashaqqatlar hamda bugungi tinch va osoyishta hayotimiz haqida iliq va samimiy suhbat olib borildi.
9 May 2025
⁞
232