Talabalar uchun yangi loyiha!
Qoʻqon universiteti talabalarini "Har oyda bir kitob" nomli loyihaga taklif etamiz! Ushbu loyihada talabalar bir kitobni tanlab, bir oy ichida mutolaa qilishi talab etiladi. Soʻngra, oʻqib tugatilgan kitob qizgʻin muhokamasi boʻlib oʻtadi.
Mart oyi uchun yozuvchi Allan Dibning "Bir varaqli marketing reja" nomli kitobi tanlab olindi. Barcha talabalarni ushbu loyihada kutib qolamiz.
Batafsil: https://telegra.ph/Talabalar-uchun-yangi-loyiha-03-20
19 Mart 2024
⁞
567