Navro‘zi olam keng nishonlandi

photo_2023-03-17_10-38-41 (2).jpg

Qo‘qon universitetida 15-16 mart kunlari “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida Navro‘zi olamga bag‘ishlangan bayram tadbirlari o‘tkazildi. 

photo_2023-03-17_10-38-48.jpg

photo_2023-03-17_10-38-32.jpg

photo_2023-03-17_10-38-40.jpg

Bayram tantanalarini Qo‘qon shahar hokimi Ma'rufjon Usmonov va Qo‘qon universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori Gʻafurjon Zaxidov tabrik so‘zi bilan ochdi hamda anjuman mehmonlari hamda barcha ishtirokchilarni Navro‘zi olam bilan samimiy qutladi. Xalqimiz tomonidan keng nishonlanayotgan bayram ruhi va falsafasi “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”ning g‘oya va maqsadlari bilan uyg‘un va hamohang namoyon bo‘layotgani, asrlar davomida ma’naviy hayotimizning ziynati bo‘lib kelayotgan bu xosiyatli bayram qalblarga cheksiz quvonch va zavq bag‘ishlayotganini e’tirof etib,   Navro‘zi olam qut-barakali kelishiga tilak bildirdi.

photo_2023-03-17_10-38-47.jpg

photo_2023-03-17_10-38-35 (2).jpg

photo_2023-03-17_10-38-42.jpg

“Navro‘z Party” tadbirida Qo‘qon universiteti maydonlarida ustozlar va talabalar guruhdari tomonidan vodiy va vohalar, ya’ni Farg‘ona, Andijon, Namangandan tortib Qoraqalpog‘iston va Xorazm, Qashqadaryo-yu Surxondaryo viloyatlari – jami 9 ta hududning bahor va Navro‘zga oid udumlari, an’ana va qadriyatlari gavdalantirildi. Bayram sayl tusini olib, xalqimizga xos mehmondo‘stlik va mehmonnavozlik, sharqona qadriyatlar namoyishiga ulanib ketdi.  

photo_2023-03-17_10-38-49 (2).jpg

photo_2023-03-17_10-38-45.jpg

photo_2023-03-17_10-38-43.jpg

Bayram ko‘rgazmalarida xalqimizning turmush tarzi, o‘ziga xos urf-odatlari o‘z aksini topdi. Milliyligimiz jozibali tarzda talqin etildi. Milliy lapar va aytishuvlar, kuy-qo‘shiqlar yangradi. Sahna ko‘rinishlari orqali xalqimizning milliy qahramonlari gavdalantirildi. Navro‘z bayrami va xalqimiz tarixiga nazar solindi va keng targ‘ib etildi. Ayniqsa, Qoraqalpoq xalqining milliy qadriyatlaridan biri sanalgan o‘tov tikilib, barchada qiziqish uyg‘otdi. Xalqona o‘yinlar o‘ynaldi, varraklar uchirildi. Bir so‘z bilan aytganda, universitetimiz madaniyatlar birlashgan va mujassam topgan keng maydonga aylandi. 

photo_2023-03-17_10-38-44.jpg

photo_2023-03-17_10-38-41.jpg

Bayram dasturxonlari bahoriy milliy noz-ne’matlar, Navro‘z taomlari va pishiriqlari bilan o‘ziga xos tarzda bezatilib, eng ijodkorona va sidqidildan yondashgan jamoalar turli nominasiyalar bo‘yicha baholandilar va munosib taqdirlandilar. 

photo_2023-03-17_10-38-34.jpg

photo_2023-03-17_14-58-15.jpg

photo_2023-03-17_14-58-23.jpg

Navro‘zi olam munosabati bilan an’anaviy “Osh sayli” o‘tkazildi. Barcha hamjihatlikda doshqozonlarga sumalak solindi, ezgu niyatlar bilan kavlandi va pishirib olindi. Chalpaklar tarqatildi. Bayram ishtirokchilari bahoriy tansiq taom – sumalakdan ham tatib ko‘rdilar. 

photo_2023-03-17_10-38-35.jpg

photo_2023-03-17_10-38-32 (2).jpg

Universitetimizda Navro‘zi olam fayzli davralarda nishonlanib, ayyom shukuhi hukm surmoqda.

17 Mart 2023 1313
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop