Universitetning tadbirkor talabasi!

Shodmonov Javlon Muzaffarjon oʻgʻli Qoʻqon universitetining iqtisodiyot yoʻnalishi 2-bosqichda tahsil oladi. Yosh boʻlishiga qaramay oʻz biznesini yoʻlga qoʻygan. 

Universitet faxri boʻlgan talabamiz hozirda Baraka savdo brendi rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda va 200 ga yaqin xodimni ish bilan bandligini ta'minlagan. 

Ma'lumot uchun, Baraka savdo – halol muddatli toʻlov asosida maishiy texnika, mebel va uy-roʻzgʻor buyumlari savdosi bilan shugʻullanib keladi.

Hurmatli talabalar! Agarda siz ham mana shunday muvaffaqiyatga erishgan boʻlsangiz sizni ushbu loyihada kutib qolamiz. Murojaat uchun Talabalarga xizmat koʻrsatish departamentiga uchrang.

16 Mart 2024 286

Ommabop