Iqtidorli talabalar – faxrimiz!

Qoʻqon universitetining 4-bosqich Mehmonxona va turizmni boshqarish yoʻnalishi talabasi Doʻstmatov Habibullo Muhammadjon oʻgʻli ingliz tilidan IELTS xalqaro imtihon tizimida 8 ballni qoʻlga kiritdi va Buyuk Britaniyada joylashgan Bristol universitetiga qabul qilindi.

Aqlli va zukko talabamiz Doʻstmatov Habibullo oʻzining bilmdonligi bilan tengdoshlari orasida ajralib turadi. Qoʻqon universitetida tahsil olish mobaynida ikki marta GPA koʻrsatkichi eng yuqori talaba sifatida e'tirof etilgan.

Shuningdek, u turizm yoʻnalishi boʻyicha 1-2-3-bosqichda Janubiy Koreyaning Solbrij, Turkiyaning Bilkent universitetlarida ta'lim olgan, Tailand va Germaniyada malaka oshirib kelgan.

Habibulloning ilm olish yoʻlidagi ishlariga muvaffaqiyat va omad tilab qolamiz.

2 Fevral 2024 433
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop