Qozog'istonda o‘qituvchilarimiz mahorati e'tirofga sazovor bo‘ldi.
Universitetimizning xalqaro tajribaga ega o‘qituvchisi Abbosxon Yusupov Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy Universitetining xorijdan kelgan (Indoneziya, Eron va Afg'oniston) talabalariga Marketing fanidan bilim berdi.
Darsni Qo'qon universiteti va unda tashkil etilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirish orqali Xursanaliyev Boburmirzo boshlab berdi.
Yusupov Abbosxon tomonidan "Product Marketing Sollutions" (Mahsulot marketingi yechimlari) mavzusida o‘tilgan darsda avval "Pepsi paradoksi" va "IKEA ta'siri" tushunchalari haqida ma'lumotlar berildi. Ushbu dars talabalar va ustozlarga manzur bo‘ldi.
"O‘qitish mahorati, dars qizg‘in va interaktiv uslubda o‘tilganini yuqori baholayman. Darsning aniq misollar va keyslardan foydalanib o‘tilgani Qo‘qon universiteti o‘qituvchilarining pedagogik tajribalaridan foydalanishga qiziqishimni oshirdi", deya e'tirof etdi KazNU Biznes texnologiyalari kafedrasi dotsenti, PhD Olga Koshkina.