Qoʻqon universitetida davlat tili maslahatchilari uchun amaliy seminar boʻlib oʻtdi
Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchilari ishtirok etishdi.
Seminarda asosan davlat tili va reklamaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosiga e'tibor qaratilib, oʻzbek tili xalqimiz uchun bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyat ekanligi ta'kidlandi.
Shuningdek, seminar davomida Qoʻqon shahrida davlat tilini rivojlantirish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan taqdimot boʻlib oʻtdi.
13 Dekabr 2024
⁞
1608