Talabalarning kasbiy tayyorgarligi oshirilmoqda
Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi 2-kurs talabalari Oila va ta'lim hamkorligi fanidan (o‘qituvchi - pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Darmonjon Mahmudova) 11-MTTda bir hafta davomida amaliy ko‘nikmaga ega bo‘ldilar.
Bog‘chada tarbiyalanuvchilarning onalari ishtirokida seminar-trening va anketa so‘rovnomasi o‘tkazildi. Oila va ta'lim muassasasi hamkorligini mustahkamlash, ta'lim-tarbiya jarayoniga onalarning xayrixohligini oshirishga e'tibor qaratildi. Talabalar bevosita ta'lim muassasasida sifatli kasbiy tayyorgarlikdan o‘tmoqdalar.
28 Mart 2023
⁞
1200