Xorijiy professor-oʻqituvchilar universitetimizga tashrif buyurdi
Qozog‘istonning Atirau universiteti professor-o‘qituvchilari Janilsin Sabirova, Gulshat Shugayeva va Ulday Tulenova, Ainur Tajidinova va Raihan Magauina hamda Xalqaro Qirgʻiziston universitetidan Kaliybek Abdikadirov Qoʻqon universitetiga tashrif buyurdi.
Professor oʻqituvchilar – mazkur xorijiy hamkor universitet ustozlari Orhun almashinuv dasturi doirasida ikki hafta mobaynida universitetimizdagi ilmiy-amaliy muhit bilan tanishib, professor-o‘qituvchilarimiz bilan o‘zaro tajriba almashadilar.
Shuningdek, talabalarimizga psixologiyaga va iqtisodiyotga oid fanlardan dars beradilar.
16 Oktabr 2023
⁞
378