Orhun almashinuv dasturi boʻyicha tashrif buyurgan oʻqituvchilarga sertifikat topshirildi
Orhun almashinuv dasturi boʻyicha Qoʻqon universitetiga qozog‘istonlik professor-o‘qituvchilar – Janilsin Sabirova, Gulshat Shugayeva va Ulday Tulenova, Ainur Tajidinova va Raihan Magauinalar tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
Bugun Qoʻqon universiteti direktori Gʻafurjon Zaxidov Qozogʻistonning Atirau universitetidan kelgan oʻqituvchilarga sertifikat topshirdi. Shuningdek, seminar-trening mashgʻulotlari va oʻzaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.
25 Oktabr 2023
⁞
640