Qo‘qon universitetida zamonaviy oshxona bunyod etildi

      Universitet hududida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish-ta'mirlash, bunyodkorlik ishlari doirasida professor-o‘qituvchi va xodimlar, talabalar uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratishga e'tibor qaratilyapti. Xususan, 300 o‘rinli  oshxona bunyod etilib, zamon talabi asosida jihozlandi. Mazkur oshxonada sanitariya-gigiyena qoidalari, oziq-ovqat xavfsizligi talablari asosida xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar mavjud. Oshxona xizmatchilari uchun 10 ga yaqin (yuvinish, kiyim almashtirish, mahsulotlarni saqlash, tozalash va boshqa maqsadlar uchun) xonalar ajratilgan, issiq pol qilingan. Shuningdek, Students Hostellarda yashovchi talabalarga taom tayyorlashlari uchun 10 ta elektr va gaz plitasi, 3 kg.dan 30 kg.gacha sig‘imli qozonlar bilan jihozlangan xona ham mavjud.Universitet jamoasi va talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish, barchaning xohish-istaklarini inobatga olgan holda taomlar menyusi shakllantirildi.

photo_2021-04-29_12-15-07.jpg

photo_2021-04-29_12-08-055.jpg

Qo‘qon universitetida 500 o‘rinli 2 ta Students Hostel foydalanishga topshirildi.

     Qo‘qon universitetida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda va hudud zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Universitetning o‘z mablag‘lari hisobidan zamonaviy talablar bo‘yicha 2 ta 3 qavatli “Students Hostel”lar qurilib, talabalar ixtiyoriga topshirildi. Yigitlar va qizlar uchun mo‘ljallangan talabalar turar joylari 500 o‘rinli bo‘lib, barcha qulay shart-sharoitlarga ega. Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga ko‘maklashish maqsadida talabalar turar joylarida yuqori tezlikdagi Wi-Fi, kompyuter vositalari bilan jihozlangan 4 ta ijtimoiy zona, barcha kerakli adabiyotlar bilan ta’minlangan “Ma’naviyat xonasi” tashkil etildi.

photo_2021-04-29_11-55-53.jpg

photo_2021-04-29_11-55-56.jpg

photo_2021-03-23_18-55-41.jpg

photo_2021-03-23_18-55-59.jpg

photo_2021-03-23_18-56-03.jpg

photo_2021-04-29_11-56-00.jpg

Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchi va talabalari uchun yangidan bunyod etilgan yana bir o‘quv binosi foydalanishga topshirildi.

      To‘rt qavatli, 1100 dan ziyod o‘rinli zamonaviy binoda Biznes, Ta’lim va Jahon tillari kafedralari professor-o‘qituvchilari, universitet departament va markazlari, dekanat xodimlari uchun xonalar bunyod qilindi. Yangi o‘quv binoda talabalar uchun 2 ta zamonaviy kompyuter xonasi, 2 ta 120 o‘rinli ma’ruzalar zali, 1 ta faollar zali, eng yuqori texnologiya va o‘quv vositalari, isitish-sovutish moslamalari bilan jihozlangan 25 ta o‘quv xonasi, 1 ta ijtimoiy zona, har bir qavatda maishiy xizmat xonalari mavjud. Bino atrofida talabalar uchun zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatildi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratildi. Har jihatdan qulay, ko‘rkam va shinam bino professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar uchun munosib tuhfa bo‘ldi.

photo_2021-04-29_12-01-36.jpg

photo_2021-04-29_12-01-51.jpg

photo_2021-04-29_12-01-54.jpg

photo_2021-04-29_12-01-57.jpg

photo_2021-04-29_12-02-00.jpg

photo_2021-04-29_12-02-07.jpg

photo_2021-04-29_12-02-10.jpg

photo_2021-04-29_12-02-13.jpg

6 Iyul 2022 736
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop