Qoʻqon universitetida qizlar uchun viktorinalar tanlovi oʻtkaziladi
Qoʻqon universitetida "Sen oʻz huquqingni bilasanmi?" deb nomlangan viktorinalar tanlovi boʻlib oʻtadi. Ushbu viktorinada 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan siyosatga qiziquvchi, yetakchilik qobiliyatiga ega, ijtimoiy faol xotin-qizlar 5 nafardan iborat jamoa boʻlib ishtirok etishlari mumkin.
Ma'lumot uchun, talaba qizlar tanlovda ishtirok etish uchun 29-noyabrgacha roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. Roʻyxatdan oʻtish uchun qizlardan Ta'lim sifatini nazorat qilish departamentiga (B bino 4-qavatda) murojaat qilishlari soʻraladi.
27 Noyabr 2023
⁞
809