Qoʻqon universitetida Alijon Rahimov ijodiga bagʻishlangan ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi!
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Oʻzbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi Qoʻqon shahar boʻlimi boshligʻi Alijon Rahimov ijodining 40 yilligiga bagʻishlangan konferensiyani Qoʻqon universiteti Yoshlar ishlari masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha prorektor Sherzodxon Dehkanov ochib berdi.
Mazkur konferensiya dasturi doirasida Alijon Rahimov koʻrgazmasining ochilishi va asarlari boʻyicha san'atshunoslar tahlili, talabalar bilan viktorina savollari oʻtkazildi.
10 Dekabr 2024
⁞
1549