Qoʻqon universitetida "Yil talabasi" tanlovi oʻtkaziladi!

Qoʻqon universitetining iqtidorli talabalarini "Yil talabasi" tanloviga taklif etamiz. Tanlov uchun hujjatlar 15-noyabrgacha qabul qilinadi va unda 2-3-4-kurs talabalari ishtirok etishi mumkin. 

Tanlov ikki bosqichda quyidagi 7 nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:

  1. “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”
  2. “Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi”
  3. “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”
  4. “Yilning eng faol sportchi talabasi"
  5. “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”
  6. “Yilning eng faol ijodkor talabasi”
  7. “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun)

Tanlov haqida batafsil ma'lumot olish uchun Talabalarga xizmat koʻrsatish departamentiga murojaat qiling.

7 Noyabr 2023 707
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop