Talabalar tashabbusi bilan ezgu ishga qoʻl urildi

Qoʻqon universitetida Talabalarga xizmat koʻrsatish departamenti va 1-bosqich Xorijiy til yoʻnalishining talabalari tashabbusi bilan xayriya maqsadida talaba va ustozlar oʻrtasida oʻzaro savdo yarmarkasi oʻtkazildi.

Ingliz tilida olib borilgan savdo yarmarkasida talabalar tomonidan kitoblar, yumshoq oʻyinchoqlar, suvenirlar va boshqa narsalar sotuv uchun taqdim etildi.

Xayriyadan yigʻilgan mablagʻlarga "Muruvvat uyi" uchun oziq-ovqat mahsulotlari olib borib berildi.

12 Aprel 2024 284
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop