"Qo‘qon universiteti xabarnomasi" ilmiy elektron jurnalining 6-soniga maqolalar qabuli boshlandi!
📢 Professor-o‘qituvchi, tadqiqotchi va talabalar diqqatiga!
"Qo‘qon universiteti xabarnomasi/Вестник Кокандского университета/Kokand University Herald" ilmiy elektron jurnalining 6-soniga maqolalar qabuli boshlandi!
Yo‘nalishlar:
+ Tashqi savdo va investitsiya;
+ Bank ishi;
+ Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti;
+ Raqamli iqtisodiyot;
+ Turizm;
+ Ekologiya va oziq-ovqat xavfsizligi;
+ Mehnat iqtisodiyoti;
+ Pedagogika;
+ Filologiya.
Jurnalga materiallarni o‘zbek, rus yoki ingliz tilida taqdim etish mumkin.
Ilmiy va uslubiy ahamiyatga molik axborotlar, empirik tadqiqot, case-study, adabiyotlar tahlili va sharh, meta-analiz, nazariya, amaliyot, uslubiyot va boshqa uslubdagi ilmiy maqolalar qabul qilinadi.
Jurnal talablari haqida www.herald.kokanduni.uz sayti orqali to‘liq ma'lumot olishingiz mumkin.
Jurnal CrossRef platformasi, Google Scholar va OJS bazalarida indekslangan hamda DOI raqami qo‘yiladi. OAK tomonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatida mavjud.
Jurnal ushbu son uchun sifatli maqolalarni bepul nashr qiladi.
Murojaat uchun
@KU_Marketing_Management
+998916834262