Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasi 25-sessiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda turizm sohasiga, uni rivojlantirishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Buning natijasi o‘laroq, bir qator islohotlar, tadbirlar amalga oshirilmoqda. Samarqandda ish boshlagan forum ayni shular jumlasidandir. 

Global sayyohlik tashkilotining 140 dan ziyod mamlakat vakillari ishtirokida 20-oktabr kuniga qadar davom etadigan tadbirda davlatimiz rahbari sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Jumladan, Qo‘qon universiteti direktori Zaxidov G‘afurjon Erkinovich mazkur anjumanda ishtirok etmoqda. 

Ma'lumot o‘rnida, turizmni rivojlantirish bo‘yicha Qo‘qon universitetida bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilib, o‘z navbatida turizm yo‘nalishi talabalarining nazariy bilimlarini amaliyotga qo‘llash uchun xizmat qilmoqda.

16 Oktabr 2023 349
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop