Shinjon texnika kolleji direktori Qoʻqon universitetida!
Bugun Qoʻqon universitetiga Xitoy Xalq respublikasining Shinjon-uygʻur avtonom tumanida joylashgan texnika kollejining rahbari Lyu Xayfen tashrif buyurdi.
Tashrif mobaynida mehmon talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi, turizm majmuasi va universitet muzeyida boʻldi, shuningdek, oʻzaro hamkorlik masalalariga e'tibor qaratildi.
Ma'lumot uchun, Shinjon texnika kolleji 1983-yil may oyida tashkil etilgan boʻlib, hozirda texnika yoʻnalishlarida malakali kadrlarni tayyorlaydi.
8 Yanvar 2025
⁞
187