Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Qo‘qon universitetida osh chempionati boʻlib oʻtdi.

Osh chempionatida universitetning har bir yoʻnalishidan vakillar guruh boʻlib ishtirok etishdi. Oshni baholashda oshpazlar chempionat qatnashuvchilarining sanitariya-gigiyenaga rioya qilishi, kiyinish madaniyati, masalliqlarning, ovqatning mazasi va boshqa jihatlariga e'tibor qaratishdi.

Yakunda quyidagi yoʻnalish talabalari tayyorlagan milliy taom eng yaxshi oʻrinlardan joy oldi:

1-oʻrin – Psixologiya yoʻnalishi 2- va 3-kurs talabalari;
2- oʻrin – Xorijiy til (ingliz tili) 1-kurs 2-23-guruh hamda Xorijiy til (ingliz tili) 2-kurs 5-22-guruh talabalari;
3-oʻrin – Xorijiy til (rus tili) 1-kurs 1-23-guruh talabalari.

16 Noyabr 2023 862
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop