Nazariy bilimlar amaliy darslarda aks etmoqda
Qoʻqon universitetining boshlangʻich ta'lim yoʻnalishi talabalari Qoʻqon shahridagi 46-umumta'lim maktabida boʻlishdi. Maktabda 1-kursning 3-23, 4-23-guruh talabalari boshlangʻich sinf oʻquvchilariga oʻtiladigan dars jarayonida bevosita ishtirok etishdi.
Shu bilan birga, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi – Davlatova Saidaxonni dars oʻtish yuzasidan pedagogik amaliy tajribalarini kuzatish imkoniga ega boʻldilar. Albatta, bunday dars jarayonlarida ishtirok etish talabalarni nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlashga xizmat qiladi.
18 Noyabr 2023
⁞
428