Qoʻqon universitetida oliy ta’lim muassasalarining birinchi prorektorlari uchun o‘quv-seminar boʻlib oʻtdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 306-sonli buyrug‘i asosida Vazirlik hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Qo‘qon universitetida 23-25-avgust kunlari “Oliy ta’lim muassasalarida yoshlar masalalari va ma’anaviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

1.jpg
O‘quv-seminar mehmonlari karnay-surnay sadolari ostida tantanali kutib olindi va Qo‘qon universitetining zamonaviy va tarixiy ko‘rinishda qad rostlagan binolari oralab yalpi yig‘ilishga taklif qilindi.
Yalpi yig‘ilishni Qo‘qon universiteti direktori G‘ofurjon Zahidov, Prezident Administratsiyasi sho‘ba mudiri Abduhalil Mavrulov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov,   Qo‘qon shahar hokimi Ma’ruf Usmonov va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshlig‘i Nodir Kasimov kirish so‘zi bilan ochib berib, hozirda yoshlar masalalari qay darajada dolzarbligi, ushbu o‘quv-seminar esa yoshlar muammolarini ijobiy hal qilish hamda oliygohlarda ma’anaviy-ma’rifiy ishlarni yanada samarali tashkil etishga poydevor yaratishini ta’kidlashdi.

3.jpg
Mazkur tashkil etilgan o’quv-seminarida respublikamizdagi 200 ga yaqin davlat, xorijiy va xususiy oliy ta’lim muassasalari birinchi prorektorlari hamda hamkor tashkilot vakillari ishtirok etdi.
Anjuman yalpi yig‘ilishida so‘zga chiqqanlar hozirda yoshlar masalalari qay darajada dolzarbligi, ushbu o‘quv-seminar esa yoshlar muammolarini ijobiy hal qilish hamda oliygohlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada samarali tashkil etishga poydevor yaratishini ta’kidlashdi. 

2.jpg
Shuningdek, o‘quv seminar dasturi doirasida oliy ta'lim muassasalari birinchi prorektorlari o‘rtasida o‘zaro "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Yuqori emotsiya va adrenalinga boy bo‘lgan turnirni o‘tkazish uchun aynan “Zakovat” intellektual klubi raisi Abdurasul Abdullayev Qo‘qon universitetiga tashrif buyurdi va turnir savollarini shaxsan o‘zi o‘qib berdi. 
Turnirda barcha seminar ishtirokchilari 6 nafardan jamoalarga bo‘lingan holda o‘zaro 24 ta savoldan iborat turnirda qatnashib, yakunda quyidagi jamoalar yuqori o‘rinlarni egalladilar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar:
1-o‘rin – “Avesto” jamoasi (Xorazm);
2-o‘rin – “Buxoriylar” jamoasi (Buxoro);
3-o‘rin – “18-kvadrat” jamoasi (Qoraqalpog‘iston).

6.jpg
Yakunida tinglovchilarning o‘quv-seminar bo‘yicha fikr va takliflari tinglangdi, seminarni ikki kun davomida yuqori saviyada tashkil etgani uchun universitet direktori G‘afurjon Zahidov boshchiligidagi barcha tashkilotchilarga, volontyor-talabalarga minnatdorchilik bildirildi hamda barcha seminar ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

7.jpg

23 Avgust 2024 2620
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop