Talabalar uchun ajoyib va unutilmas binar dars boʻlib oʻtdi
Qoʻqon universiteti talabalari uchun yosh shoir va aktyor Oʻlmas Temur va ta'lim kafedrasi oʻqituvchisi Yuldashev Salohiddin ishtirokida qiziqarli binar dars boʻlib oʻtdi.
"Notiqlik san'ati" mavzusidagi qiziqarli binar darsda talabalar omma oldida nutq soʻzlash, jumlalarni aniq talaffuz qilish, nutq rivojlantirishning amaliy usullarining muhim sir-asrorlari xususida zarur bilimlarga ega boʻldilar.
Yakunda talabalar mavzu yuzasidan oʻzlarining qiziqtirgan savollariga kerakli javoblarni oldilar.
15 Mart 2024
⁞
1097