Universitet- professional ta'lim hamkorligi mustahkamlanmoqda

photo_2023-04-19_11-47-01.jpg

Davlatimiz rahbari tomonidan professional ta'lim va oliy ta'lim tizimlarini integratsiyalash borasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida o‘zaro hamkorlik mustahkamlanyapti.

Qo‘qon universiteti hamda Marg‘ilon Turizm va madaniy meros texnikumi rahbariyatlari o‘rtasida bu borada hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
Muzokaralarda yoshlarning oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish, texnikum bitiruvchilarining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarida o‘qishini davom ettirishlariga ko‘maklashish chora-tadbirlari belgilandi.

photo_2023-04-19_11-47-35.jpg

Memorandum imzolanib, texnikumning o‘qitish metodologiyasini takomillashtirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, hamjihatlikda yoshlarni kasb-hunar va ilmga yanada qiziqtirishga kelishib olindi.

19 Aprel 2023 943
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop