“O‘zbekiston – kitobxonlar yurti”
“O‘zbekiston – kitobxonlar yurti”
🏫 Qo‘qon universitetida “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida navbatdagi kitob yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirga universitetning barcha kitobsevarlari faol jalb etildi.
✍️ Yarmarka doirasida:
✅ Turli janrlardagi kitoblar savdosi,
✅ Yangi nashrlar va klassik adabiyotlar,
✅ Chegirmalar asosida kitoblar taqdimoti tashkil etildi.
🎉 Shuningdek, 3-bosqich BT (masofaviy ta’lim) yo‘nalishi talabalari tomonidan “Kitobsevar millat” shiori ostida intellektual o‘yinlar va ma’rifiy tadbirlar ham o‘tkazildi.
📌Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma’naviy saviyani oshirish hamda ilmga chanqoqlikni rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.
6 May 2025
⁞
428