Iqtidorli talabalarni "Business case" musobaqasiga taklif etamiz

Qoʻqon universitetining iqtidorli talabalari uchun Talabalarga xizmat koʻrsatish departamenti, Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi hamda Ilmiy tadqiqot departamenti tomonidan "Business case" musobaqasi tashkil etilmoqda.

Ushbu musobaqada qatnashuvchi guruhlar 4 a'zodan iborat boʻlib, unda biznesga oid muammoli vaziyatlar muhokama qilinadi. Gʻolib jamoalar munosib mukofot bilan taqdirlanadi.

Mazkur musobaqada ishtirok etish niyatida boʻlgan talabalar roʻyxatdan oʻtish uchun Talabalarga xizmat koʻrsatish departamentiga murojaat qilishlari soʻraladi.

6 Noyabr 2023 358

Ommabop