Qo‘qon universitetida yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi

 Qo‘qon universitetida yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 19-iyun kuni O‘zXDP Farg‘ona viloyat kengashi tashabbusi bilan Qo‘qon universitetida Yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumning asosiy maqsadi — yoshlarni parlament jarayonlariga faol jalb etish, ularning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, qonunchilik tashabbuslarini ilgari surish va yoshlarning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirning ochilishida Qo‘qon shahar hokimi M. Usmonov ham ishtirok etdi. Forum davomida yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbus va takliflar asosida qonunchilikka oid takliflar ishlab chiqilib, tegishli davlat idoralariga taqdim etilishi rejalashtirildi.

20 Iyun 2025 25
Universitetning telegram’dagi rasmiy kanalini kuzatib boring A’zo bo‘lish
Rektorga murojaat Murojaat qilish
Bo'sh ish o'rinlari Batafsil ko'rish

Ommabop