Qo‘qon universitetining Akademik ishlar bo‘yicha prorektori Zaxidov Gafurjon Erkinovich Qo‘qon universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ma'lumot o‘rnida, G‘afurjon Zaxidov iqtisod fanlari boyicha falsafa doktori (PhD), dotsent ilmiy darajasi va unvoniga ega. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodiyot, davlat va mahalliy iqtisodiyot.
U O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi) huzuridagi Samarali iqtisodiyot siyosat markazi va O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazlarida ishlagan. Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetining Iqtisodiyot, Xalqaro biznes fakultetlari, Magistratura bo‘limi va Makroiqtisodiyot kafedrasida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
TDIUning O‘quv uslubiy boshqarma boshlig‘i, O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori lavozimlarida mehnat qilgan.
U 60 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir.