Iqtisodchi olimlar tomonidan mahorat darsi tashkil etildi
Qoʻqon universitetining taklifiga binoan sirtqi ta'lim shakli talabalariga O‘zFA akademigi Saidasror Saidaxmedovich Gulyamov hamda Toshkent davlat agrar universiteti professori Saidov Muhammad Ali Xakimovich tomonidan qiziqarli mahorat darsi oʻtib berildi.
Talabalar mahorat darsi davomida "Oʻzbekistondagi agromarketing siyosati va uning iqtisodiyotini raqamlashtirishdagi muammolari" va "Qishloq xoʻjaligini raqamlashtirishda xorijiy tajribalar va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar" mavzularida qimmatli ma'lumotlarga ega boʻldilar.
Yakunda olimlarning tashrifi uchun minnatdorchilik bildirilib, sertifikat va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.
17 Yanvar 2025
⁞
415