Qo‘qon universiteti talabalari uchun qiziqarli seminar-trening bo‘lib o‘tdi
Seminar-treningni "Taskin" nomli psixologik markazi rahbari Naimjon Azimov va ushbu markaz masʼul xodimi, kriminalist psixolog Azamat Bahriddinov olib bordi.
Seminar-treningda para psixologiya, ezoterika, ilmiy psixologiya, inson faoliyati davomida yo‘l qo‘yadigan xatolar, mijozlar bilan ishlash, o‘z-o‘ziga baho berish, o‘ziga ishonch mavzulariga to‘xtalib o‘tildi.
Trening davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, yakunda tashrif uchun minnatdorchilik bildirib o‘tildi.
22 Yanvar 2025
⁞
255