Turizm va iqtisodiyot fakulteti

Fakultet dekani
Turg‘unov Jasurbek Alimardon o‘g‘li

Dekan muovini
Solijonov Islomjon Baxtiyorjon o'g'li
Turizm va iqtisodiyot fakulteti vazifalari
Turizm va iqtisodiyot fakulteti Qo‘qon universitet boshqaruv (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Uning faoliyati tegishli taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha talabalarni oʻqitish, taʼlim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uygʻunlashgan holda olib borish, ilmiy kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek kafedralarda ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yoʻnaltiriladi.
Fakultet, oʻz tarkibiga kiritilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistartura mutaxassisliklariga taalluqli: “Xalqaro turizm va iqtisodiyot”, “Raqamli texnologiyalar va matematika” va “Jahon tillari” kafedrasi kafedralarining oʻquv va ilmiy laboratoriyasini birlashtiradi.
Turizm va iqtisodiyot fakulteti quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bakalavrlar tayyorlaydi: Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), Moliya va moliyaviy texnologiyalar, Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha), Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi”, “AT-Servis”, “Axborot xavfsizligi”, “Multimedia texnologiyalari”), Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), magistratura bosqichida esa Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), Lingvistika mutaxassiligida kadlarni yetishtirib chiqaradi.