Ta'lim fakulteti
Fakultet dekani
Najmiddinov Muhammadjon Gʼayratjon oʼgʼli
Ta'lim fakulteti vazifalari
Ta’lim fakulteti – Qo‘qon universitetining o‘quv-ilmiy va ma’muriy bo‘linmasi hisoblanadi. Fakultetning asosiy vazifasi mamlakatimizda ta’lim sohasi bo‘yicha eng ilg‘or bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lgan yetuk kadrlarni tayyorlashdir. Ushbu jarayonda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni xalqaro tajribalar asosida o‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borishni ta’minlash, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi. Fakultet mutaxassislar tayyorlashda fan-ta’lim-ishlab chiqarish integrasiyani ta’minlash uchun o‘quv faoliyatini ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda amalga oshiradi. Kadrlar iste’molchilari talablari va soha xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quv jarayoni samaradorligini oshirib boradi.