Akademik ishlar bo‘yicha prorektor
Akademik ishlar bo‘yicha prorektori
Kambarov Jamoliddin Hikmatillayevich
Akademik ishlar bo‘yicha prorektor vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish, davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv va o‘quv uslubiy ishlarni tashkil etish hamda malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash, mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari, o‘quv jarayoniga oid masalalar bo‘yicha Universitet kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini ta’minlash, o‘quv jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanishni tashkil etish va boshqalardan iborat.