Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

Ro‘ziyev Shohruzbek Ravshanjon o‘g‘li

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

Ro‘ziyev Shohruzbek Ravshanjon o‘g‘li

Qabul kunlari
Dushanba - Juma, 10:00 - 17:00

Telefon: +998999955665

Fax: +998999955665

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor vazifalari

• O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ilm-fan, innovatsion faoliyat, taʼlim hamda kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

• mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, ilmiy tadqiqot faoliyati jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha oliy taʼlim muassasasi Kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;

• oliy taʼlim muassasasining ilmiy faoliyat yo‘nalishlarini ishlab chiqish va samarali amalga oshirishni taʼminlash;

• professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari ilmiy qismidagi vazifalar bajarilishini nazorat qilish va taʼminlash;

• xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, dolzarb mavzularda ilmiy mavzularda seminarlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

• ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish, innovatsion faoliyatni tashkil etish, xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiytadqqot muassasalari bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;

• ilmiy konferensiya materiallari, davriy ilmiy jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini oliy taʼlim muassasasi xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish hamda oliy taʼlim muassasasining ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondi to‘ldirib turilishini taʼminlash;

• iqtidorli yoshlarni topish, saralash, ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, doktorantlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;

• oliy taʼlim muassasalari bilan ilmiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini taʼminlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;

• ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish;

• xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalaridan foydalanish, xalqaro ilmiy jurnallarga maqolalar tayyorlash va eʼlon qilish, ularning iqtibosligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

• oliy taʼlim muassasasida ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlarni tashkil etish va samarali faoliyat yuritishini taʼminlash.

• ilmiy tadqiqot ishlari, ilmiy seminarlar, anjumanlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

• ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan eksperimental tajriba-konstruktorlik ishlarining yillik rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

• ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar doirasida olinadigan intellektual mulk obyektlari va intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirish;

• yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash jarayonini tashkil etish va boshqarish;

• ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmalari va tanlovlar faoliyatini tashkil etish va ishtirok etish;

• ilmiy va nashriyot faoliyatini amalga oshirish bilan aloqador xalqaro hamkorliklarni amalga oshirish;

• oliy taʼlim muassasasining ilmiy ishlari va innovatsion faoliyati;

• oliy taʼlim muassasasining doktorantura bo‘limi va ilmiy bo‘limi, ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi faoliyati;

• ilmiy jurnallar muharrirlari va tahririyat kengashlari faoliyati.

Quyidagi ishlarni muvofiqlashtiradi:

 • ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha masʼul xodimlar (dekan muovinlari), ilmiy tadqiqotchilar faoliyatini;

• fan doktori (DSC), falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashlar ishlarini;

• taʼlim oluvchilarning (bakalavriatura va magistratura talabalari) ilmiy tadqiqot ishlarini;

• oliy taʼlim muassasasining yosh olimlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash faoliyatini;

• doktorant, mustaqil izlanuvchilar va talabalarning ilmiy va ilmiy- tadqiqot ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish bo‘yicha oliy taʼlim muassasasi fakultetlari, filiallari va boshqa tuzilmaviy bo‘linmalari bilan o‘zaro faoliyat yuritadi.

• O‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlashni taʼminlaydi va oliy taʼlim muassasasini rivojlantirish joriy rejasiga taklif va tavsiyalar tayyorlaydi;

• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, mehnat va o‘quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, universitetning Ustavi, Ichki mehnat tartibi qoidalari, Kengash qarorlari, ish beruvchi buyruqlari hamda taʼlim tizimiga doir meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalar, shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga rioya etish.