"Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!"
Qo‘qon universitetida joriy yilning 15-16-mart kunlari barcha orziqib kutgan Navro‘zi olamga bag‘ishlangan bayram sayli o‘tkaziladi!
Bayramda:
- bahor va tabiat ne'matlari ko‘rgazmasi;
- yurtimizning vodiy va vohalaridagi Navro‘z udumlari;
- milliy liboslar va taomlar, hunarmandchilik mahsullari namoyishi;
- varrak uchirish va boshqa xalq o‘yinlari;
- doshqozonlarda sumalak va osh sayllari;
- "Muzqaymoq party";
- estrada xonandalarining tashriflari va boshqa eksklyuziv chiqishlar bo‘lishi kutilmoqda.
Sharqona yangi yilimizni "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"ning g‘oya va maqsadlariga hamohang tarzda to‘kinlik va shod-xurramlikda nishonlaymiz!
Bayram tantanalarida ishtirok eting va ayyom shukuhidan bahra oling!
15
15 Mart, Chorshanba
Yakunlandi