"Universitet solnomasi"ning navbatdagi 6-soni nashr etildi

Qo‘qon universiteti uchun 2022-2023 o‘quv yili ilmiy yuksalish, ma'naviy-ma'rifiy o‘sish, bunyodkorlik va boshqa jabhalarda ham izchil rivojlanish yili bo‘ldi. Universitet jamoasi va faol volontyor-talabalari respublikamizda Davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilayotgan ta'lim sohasidagi barcha islohotlarda faol ishtirok etdi. Ibratli tashabbuslari bilan respublika ahamiyatiga molik nufuzli tadbirlar, anjumanlar va ilmiy konferensiyalarga mezbonlik qildi.

Qo‘qon universitetiga muhim tashriflar, universitetning akademik faoliyati, qo‘lga kiritgan yutuqlari va talabalar hayoti "Universitet solnomasi"ning navbatdagi 6-soni sahifalarida o‘z aksini topdi.

Yuklab olish

5 Avgust 2023 276

Ommabop