Qo‘qon universitetida "Xalqaro Boburshoh" konferensiyasi o‘z ishini boshladi

1.jpg

Ilmiy-amaliy konferensiya Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Turizm vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Farg‘ona viloyati va Qo‘qon shahar hokimliklari hamda turkiy davlatlarning qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

 3.jpg

Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligiga bag‘ishlangan konferensiya yalpi majlisini Qo‘qon universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Gʻafurjon Zaxidov kirish so‘zi bilan ochdi.

Anjumanda turkiy xalqlar kelajagi bevosita hamjihatlikda o‘tkazilayotgan shu kabi anjumanlar, tarixni tadqiq va targ‘ib qilish, ilm-fan olamida hammaslaklikda faoliyat olib borishga qaratilgan sa’y-harakatlarga ko‘p jihatdan bog‘liq ekanligi e’tirof etildi. Barchaga konferensiya ishida muvaffaqiyat tilandi.

2.jpg

 4.jpg

Konferensiyada TURKSOY bosh kotibi o‘rinbosari Bilal Chakiji ishtirok etmoqda. Ushbu nufuzli anjuman Boburning jahon xalqlari madaniyati xazinasidan munosib o‘rin olgan ilmiy-adabiy merosini yanada keng tadqiq va tahlil etish, Turkiy dunyo olimlari hamda Boburshunoslarining qimmatli ma’lumotlari ajdodlarimiz tarixini yanada keng tarannum etish va yoshlarimizning bilimlari yuksalishiga katta hissa qo‘shishini ta'kidlab o‘tdi.

Bilal Chakiji,

TURKSOY bosh kotibi o‘rinbosari:

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining dunyo tarixida o‘chmas iz qoldirgan betakror siymo, buyuk shoir, qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash borasidagi tashabbuslari asosida olib borilayotgan ishlarni kuzatib, faxrlanmoqdamiz. Bobur hayoti va ijodiga doir noyob qo‘lyozmalar va boshqa madaniy boyliklarni aniqlash, ularni O‘zbekistonga olib kelish hamda tadqiq qilish borasidagi ishlar tahsinga loyiq. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston buyuk ajdodlar merosiga sohib chiqib, turk dunyosiga namuna bo‘lmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Fursatdan foydalanib, Farg‘ona va Qo‘qon shahar hokimligi, "Xalqaro Boburshoh"  konferensiyasini oliy darajada tashkillashga katta hissa qo‘shayotgan Qo‘qon universiteti rahbariyati hamda bebaho ma'ruzalari bilan ishtirok etayotgan barcha olimlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

photo_2023-04-14_11-29-03.jpg

Xurshidjon Ahmedov,

Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari:

- Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand shahrida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlarining sammitida Yurtboshimizning tinchlik va do‘stlik ramzi, fan va ma’rifat markazi bo‘lgan Samarqand shahrini “Turkiy sivilizatsiya poytaxti", 2023-yilni esa "Turkiy sivilizatsiyaning yuksalish yili", deb e’lon qilish taklifi qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. “Men ishonaman, Turkiy dunyoni buyuk kelajak kutmoqda”, dedi Davlatimiz rahbari.

Darhaqiqat, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti - TURKSOY va Farg‘ona viloyati hokimligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Bundan ko‘zlangan maqsad, turizmni yanada rivojlantirish, o‘zbek-turk madaniy aloqalarini kengaytirish, xalqaro konferensiya va tadbirlar o‘tkazishda yanada ilg‘or bo‘lishdir.

TURKSOY bilan hamkorlikda Qo‘qon universitetida o‘tkazilayotgan "Xalqaro Boburshoh" konferensiyasi ham hamkorligimiz samarasidir. Joriy yilda mana shunday bir necha yirik tadbirlarni o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Bugungi konferensiya buyuk bobokalonimizning ibrat bo‘larli qirralarini keng o‘rganishga xizmat qiladi.

 photo_2023-04-14_11-30-00.jpg

Taqdirlash marosimi o‘tkazildi

Qo‘qon universitetida "Xalqaro Boburshoh" konferensiyasi qizg‘in davom etmoqda.

Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TÜRKSOY bosh kotibi o‘rinbosari Bilal Chakiji Bosh kotib Sultan Rayevning salom va tabrigi, minnatdorchiligini konferensiya ishtirokchilariga yetkazdi.

photo_2023-04-14_11-30-12.jpg

photo_2023-04-14_11-30-22.jpg

Farg‘ona va Qo‘qon shahar hokimliklari, Qo‘qon universiteti rahbariyati, konferensiyada ishtirok etayotgan tashkilotlar va oliy ta'lim muassasalari rahbarlari Turkiy xalqlarning maʼnaviy yaqinligi va qardoshlik birligini mustahkamlash, turkiy madaniyatni dunyoga tanitish va uning anʼanalarini kelajak avlodlarga yetkazish maqsadlarida faoliyat olib borayotgan TURKSOY tashkil topganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan oliy medal bilan taqdirlandilar. Tarixiy aloqalar, umumiy til, madaniyat va ma'naviy qadriyatlarga asoslangan bu hamkorlik shunday xalqaro mukofotga loyiq ekani e'tirof etildi.

photo_2023-04-14_11-30-19.jpg

photo_2023-04-14_11-30-26.jpg

Anjumanda "Xalqaro Boburshoh" konferensiyasi munosabati bilan hozirlangan esdalik sovg‘alari almashildi.

photo_2023-04-14_11-27-19.jpg

14 Aprel 2023 982

Ommabop