Qo‘qon universiteti Britaniya Kengashining o‘zgarishlar akademiyasi bo‘yicha ishtiroki.

change academy 1.jfif

change academy 2.jfif

change academy 3.jfif

Qo‘qon Universitetida ta'lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish, modernizatsiyalash va takomillashtirishga qaratilgan rivojlantirish dasturlari amalga oshirilmoqda. Universitet jamoasi Britaniya Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Change Academy” dasturida faol ishtirok etmoqda. OO‘MTV tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ushbu loyihada Britaniya Kengashi, Advance HE mutaxassislari va O‘zbekistonning o‘n ikkita oliy o‘quv yurtlari jamoasi o'z hamkorligi bilan ishtirok etmoqda. 

9-11-noyabr kunlari o‘tkazilgan onlayn seminar-treningda iqtisodiyot, biznes, ta'limni boshqarish va rivojlantirish, o‘quv jarayonlarida talabalarning faolligini oshirish va bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash masalalariga e'tibor qaratildi. Global muammolarga jamoaviy tarzda SWOT hamda PESTLE tahlil usuli orqali yechim topildi.

Loyiha a'zolari “Talabalarning bandligini taminlash” mavzusidagi onlayn treningda o‘z taqdimotlari bilan muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

8 Noyabr 2021 595

Ommabop