Orhun almashinuv dasturi

Turkiy Kengashning Turkiy universitetlar ittifoqiga a'zo oliy o'quv yurtlar oʻrtasida talabalar va ilmiy hodimlar almashinuvini osonlashtirishga qaratilgan dasturdir. Qo'qon universiteti 2021-yilning 26-oktabr kuni ushbu ittifoqqa a'zo bo'lib Orhun almashinuv dasturi ishtirokchisiga aylandi.

orxun.jpg

Orhun almashinuv dasturi (ORHUN EXCHANGE PROGRAM)

1.jpg

Orhun Almashinuv dasturi bo’yicha Qirg’iz-Turk Manas universitetidan Dr Ahmet Beshe va Ataturk universitetidan Dr Ayshe Vildan Beshelar tashrif buyurdilar. Mehmonlar uchun universitetning kampusi bo’ylab sayohat uyushtirildi. 

Bu professor o’qituvchilar talabalarga ikki kun mobaynida Amerika adabiyoti haqida ma’ruza qildilar va universitetimizning o’qituvchilari bilan o’zaro tajriba almashdilar.

17.jpg

18.jpg

Orhun almashinuv dasturi bo’yicha Atirau universitetining Iqtisodiyot va huquqshunoslik fakulteti dekani, iqtisodiyot fanlari doktori Elmira Adiyetova, “ISpace” biznes-inkubator va “Eco Campus” rivojlanish markazlarining mutaxassisi Elvira Gaissina, MBA Janargul Bissembiyeva hamda pedagokika fanlari magistri Venera Turgaliyevalar tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida professorlar universitet talabalari uchun seminar treninglar o’tkazdilar, tajribalar almashdilar, shuningdek, Qo’qon universitetining Iqtisodiyot va ta’lim fakulteti hamda Atirau universitetining fakultet va kafedralari aro hamkorlik shartnomalari imzolandi.

2.jpg

3.jpg

Ozarbayjon Arxitektura va qurilish universitetining (OBAU) “Iqtisodiyot nazariyasi va marketing” kafedrasi o’qituvchisi Isa Muradov Qo’qon universitetida Orhun almashinuv dasturi doirasida talabalarga seminar-treninglar o’tkazib, raqamli marketingning an’anaviy marketingdan farqi xususida marketing asoslari bo’yicha ma’ruzalar qildi.

Isa Muradov universitetimizning o’qituvchilari bilan marketing fanini o’rgatish bo’yicha o’z tajribalarini o’rtoqlashdilar, shuningdek, xalqaro hamkorlik va ikki tomonlama manfaatli munosabatlar bo’yicha muzokaralar olib borildi.

5.jpg

Qo’qon universiteti o’qituvchisi Qirg’iziston Xalqaro universitetida

Qo’qon universitetining Jahon tillari kafedrasi o’qituvchisi Azizjon Begmatov Orhun almashinuv dasturi bo’yicha Qirg’iziston Xalqaro universitetida bo’ldi va professor-o’qituvchilar bilan o’zaro tajriba almashish asosida bakalavriat ta’lim maktabining 3-bosqich talabalariga dars berdi. 

6.jpg

7.jpg

Qo’qon universiteti Jahon tillari kafedrasi mudiri Nodirjon Sharofutdinov Orhun almashinuv dasturi doirasida Turkiyaning Ataturk universitetida bo’ldi. Talabalar darslardan tashqari Qo’qon shahri va Qo’qon universiteti bilan yaqindan tanishtirildilar hamda ularda Qo’qon universitetining ta’lim yo’nalishlariga qiziqish ortdi. Dastur asosida tajriba almashgan holda, foydali kelishuv va muzokaralar ham olib borildi.

8.jpg

9.jpg

Universitetimizning o’qituvchilari xorijiy universitetda tajriba almashmoqdalar

Qo’qon universitetining Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi mudiri Boburmirzo Xursanaliyev va kafedraning tajribali o’qituvchisi Abbosxonov Yusupovlar xalqaro dasturda ishtirok etmoqdalar.

Ustozlarimiz Orhun almashinuv dasturi asosida Ozarbayjon davlar iqtisodiyot universitetiga tashrif buyurdilar.

10.jpg

11.jpg

Universitetning xalqaro tajribaga ega o’qituvchilari Abbosxon Yusupov va Boburmirzo Xursanaliyev Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universitetida magistratura bosqichi talabalariga Marketing hamda iqtisodiyot fanlaridan ta’lim berdilar. Ular tomonidan “Integrated marketing Communication (IMC) (Integratsiyalangan marketing muloqotlari), hamda “International Trade: internal and external economies of scale” (Xaqlaro savdo: ichki va tashqi miqyosdagi iqtisod) mavzusida o’tilgan dars va ma’ruzalar talabalarga manzur bo’lgan holda ularda yanada qiziqish orttirdi. Qo’qon universiteti faoliyati xorijiy talabalarda qiziqish uyg’otdi.

Orhun almashinuv dasturi bo’yicha Qirg’iz-turk Manas universitetining Adabiyot fakulteti, G’arbiy tillar kafedrasi professor-o’qituvchisi, Dr. Anarhan Bekturova Qo’qon universitetiga tashrif buyurdi.

Anara Bekturova universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdi, professor-o’qituvchilar bilan tajriba almashdi hamda talabalarga tilshunoslikka kirish, adabiy matnlar tahlili fanlaridan ma’ruzalar qildi.

13.jpg

14.jpg

X.Dosmuhamedov nomidagi Atirau davlat universiteti professor-o’qituvchilari Aigul Bakirbekova, Karaz Kaziyev va Shinar Bisenovalar Orhun almashinuv dasturi doirasida Qo’qon universitetida professor-o’qituvchilar bilan o’zaro tajriba almashdilar.

15.jpg

16.jpg

Qozog’istonning Atirau universiteti va Qo’qon universiteti professor-o’qituvchilari tomonidan talabalar uchun darslar bilan birga va ulardan tashqari qiziqarli psixologik treninglar o’tkazildi. Tajribali trioning “O’zingizni anglang” deb nomlangan treninggida yoshlarning eng yuqori darajadagi aqliy jarayon haqidagi tushunchalari boyitildi.

14 Sentabr 2022 2193

Ommabop