Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi delegatsiyasi Qo‘qon universitetida bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev boshchiligidagi delegatsiya Qo‘qon universitetida bo‘ldi.
Ulug‘bek Toshkenboyev bevosita talabalar bilan suhbatlashib, ularning bilim darajasi va takliflarini o‘rgandi. Yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv-tarbiyaviy va amaliyotga biriktirish ishlari bilan tanishib, talabalarni ilmga yo‘naltirish, mustaqil izlanuvchanlik va ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, universitetning xalqaro darajada jozibadorligini oshirish borasida ahamiyatli takliflar berdi.
— Bakalavr bosqichidagi talabalarni 2-kursdanoq dolzarb mavzular bo‘yicha ilmiy faoliyatga jalb etish maqsadga muvofiq. Bu talabalarni magistratura bosqichiga tayyorlash va ilmiy natijalarga erishishlariga xizmat qiladi,- dedi Ulug‘bek Toshkenboyev.
Tashrif davomida inspeksiya bilan hamkorlikda talabalar uchun ilmiy anjumanlar o‘tkazish, ilmiy hamkorlik ishlarini kengaytirishga kelishildi.